Article
Поделиться:

Elektron darsliklardan foydalanish dars sifatini oshirishning asosiy mezonidir.



Andijon tumani 36-umumiy o`rta ta`lim maktabi


informatika va axborot texnologiyalari  fani

o`qituvchisi


Mirzaxodjayeva   Raximaxon Ulmasaliyevna




Ta’lim –tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o’sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirgan hamda jamiyatda o’z   munosib o’rnini egallashga qodir bo’lgan – komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Globallashuv asrida bir soha faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ma’lumki, har qanday davlatning xalqaro miqyosda barqaror rivojlanishi va istiqboli   iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi omillar aynan ta’lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog‘liq.

Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez suratda jadallik bilan rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim – tarbiya  sifatini mazmun  jihatdan yangi bosqichga ko’tarishni talab etmoqda. Bu o’z   o’rnida  har bir tizim xodimi, ayniqsa, o’qituvchilar zimmzasiga yanada yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi.Negaki, rad qilib bo’lmaydigan bir haqiqat  bor- qilingan barcha say- harakatlar oxir-oqibat  o’qituvchi mehnati orqali o’z  natijasini namoyon etadi. Shunday ekan, pedagoglardan vijdonan mehnat qilish, yorug’ kelajagimiz oldidagi mas’uliyatlilik, ko’rsatilayotgan yuksak   e’tiborga munosib javob berish talab etiladi. Bu esa farzandlarimizning chuqur bilim egallashida  dars  sifatililigida   namoyon   bo’ladi.Barcha fanlardagi kabi, informatika fanidan ham yangi avlod darsliklari yaratilib, unda mazmunan o‘zgartirishlarga yangicha yondoshildi. 

         Shuning uchun ham darsliklarda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi –ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak –atrofga munosabatlarni ham kiritishga erishdik. Natijada ta’lim mazmunini kengroq bayon etishga erishdik.O‘quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, mushohada qilishga, mutolaa qilishga o‘rgatishda o‘qituvchilar oldida katta mas’uliyat qo‘yiladi. Demak, o‘qituvchidan tashabbuskorlikni, mustaqil fikrlay olishni, o‘z faniga oid bilimni puxta bilishini, kuzatuvchanlikni, ijodiy tasavvurni tarbiyalashga layoqatini faollashtirish zarur. Shunday layoqatga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z ish faoliyatida ilg‘or texnologiyani qo‘llashi o‘quvchilarda yuqori bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishiga olib keladi. O‘qituvchi fanida yuz berayotgan yangilikni, o‘zgarishlarni isloh qila olishi zarur.     Keng ma’noda qaralganda ta’lim tizimidagi har qanday o‘zgarishni pedagogik innovatsiya deb qarash mumkin. Har bir o‘qituvchi uchun ta’lim berayotganda ertami-kechmi “Qanday qilib, qaysi usullar bilan bilim olish jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish mumkin?” degan savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi. Maktabda olib borilayotgan har bir dars, mashg‘ulotning sifati, samarasi ustoz murabbiy faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda ta’limdagi  yangilanishlar jarayoni pedagoglarga malakaviy talablar qo‘ymoqda. Bu talablar quyidagilardan iborat:

1.  Kasbiy tayyorgarlik (o‘z fanini chuqur bilish, kasbiy eruditsiya).

2.  Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan xabardor bo‘lish. 

3.  Pedagogik va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tadbiq eta olish.

      XXI asrda malakali pedagog bo‘lish uchun albatta   axborot texnologiyalarini yaxshi egallash zarur. Inson faoliyati ko‘proq uning  axborotga ega bo‘lganlik darajasi, ushbu axborotlardan samarali foydalana olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ixtiyoriy  soha bo‘yicha zamonaviy mutaxassis vaqt sayin oshib borayotgan axborot oqimida bemalol yo‘l topa olishi uchun, u kompyuterlar, telekommunikatsiya va boshqa aloqa vositalari yordamida tegishli axborotni ola bilishi, qayta ishlay olishi va undan foydalana olishi kerak bo‘ladi.Bu esa o‘z navbatida, ta’limda samaradorlikni ta’minlaydi. 

 Ta’lim sifati nafaqat o‘quv jarayoni natijalari, balki mazkur natijalarni shakllantiruvchi omillarni ham ifodalaydi. Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish esa ta’lim natijalari hamda mazkur omillar sifatini oshirish imkonini beradi. Shu jihatdan, innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish muammosi shaxsni rivojlantirish hamda uni hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan kompleks vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim siyosatining bugungi kundagi muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Dars samaradorligini oshirishda o‘quv vositalarining ahamiyati juda kattadir. Bularga darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, radio eshittirishlari, televideniye ko‘rsatuvlari, gazeta va jurnallar, elektron darsliklar, kodoskop, proyeksion rangli rasmlar, slaydlar, kompyuterlar, hamda o‘qitishning barcha zamonaviy texnik vositalari, tajribalar o‘tkazish uchun jihozlar, kundalik kuzatish daftari, maktab o‘quv-tajriba maydonchasi kiradi.

Darslar samaradorligi o‘qitish uslublari to‘g‘ri tanlanganida va ularni ko‘rgazmali qurollar, o‘quv vositalari bilan uyg‘unlashtirilganda sezilarli darajada ortadi. O‘qitishning zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalaridan mohirona foydalanish dars samaradorligini ta’minlaydi va o‘quv mehnati intensivligini hamda o‘quv jarayoni texnik madaniyatini oshiradi.

“Dars bu - o‘qituvchining umumiy va pedagogik madaniyatining ko‘zgusi, intellektual boyligining o‘lchovi, uning bilim doirasining ko‘rsatkichidir”.

O‘qituvchi o‘quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida mashg‘ulotlarga jiddiy tayyorlangan, yangiliklardan boxabar bo‘lgani holda dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim. Dars berayotgan faniga taalluqli didaktik materiallarni, darsliklarni, uslubiy qo‘llanmalarni va elektron o‘quv vositalarini ham mukammal o‘rganishi, shuningdek, ularni darslarida qo‘llay olish, faoliyatini muntazam yangilab borishi davr talabidir.

 Dars jarayonida elektron muhitdan foydalanish – ta’lim sifatini oshirishning asosiy   omilidir.

Elektron darslik – bu davlat ta’lim standarti asosida mutaxassislik va yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning alohida bo‘limlariga oid nashrlar, namunaviy va ishchi o`quv dasturi, shuningdek, mashqlar va masalalar to‘plami bo`yicha video ishlanmalar, turli sxemalar, atlaslar, tajriba  ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar, testlar va boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.Rasmiy asnoda olib boriladigan “ Elektron darslik”  bo‘yicha barcha materiallar  birinchi navbatda mavjud standartlarga mos bo‘lishi lozim.  Elektron darslik  mazmuni esa u taqdim etiladiganda ta’lim  tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlangan o‘quv adabiyotlar, ovozli variantlar va video ishlanmalar orqali olinadi. Elektron darslik esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, yangi qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, ixtiyoriy fanlar bo‘yicha yaratiladi.Hozirgi kunda bir necha xil elektron darslik tayyorlash imkonini beruvchi beruvchi dasturlar mavjud.  Oddiy HTML dan foydalanib  matn muharrida xam tayyorlash mumkin.Sbook Builder dasturi, C++, avto play media,lektor ,java Book Maker,Maestro FREE,COORS LAB,MACROMEDIA FLASH kabi dasturlari elektron darsliklar yaratishga imkon beradi.

Elektron darslik samarador bо‘lishi uchun quyidagi sifatlarga ega bо‘lishi lozim:

  • Mavzu matnini tushunarli va mantiqiy usulda tuzish, о‘rganish jarayonini osonlashtirish uchun illyustratsiya va chizmalardan foydalanish.
  •  О‘quvchilarga tushunarli, ravon va qiziqarli elektron darslik yaratish uchun ularning yoshi, fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda misollar tuzish va fikrlar qо‘llash. 
  • Elektron darslik strukturasini, modullar va ularga tegishli bilimlarni qisqa hamda xulosa qismi bilan о‘zaro teran bо‘g‘lash. 
  • Elektron darslikni predmet dasturiga tо‘la mos keladigan va uni tо‘laligicha qoplaydigan shaklda yaratish. 
  • Elektron darslikka kiritiladigan materiallarni о‘ziga xos va betakrorligini, о‘quv predmetiga va о‘quvchilarning bilimga bо‘lgan ehtiyojlarini hisobga olish. 
  • Mazmunning aniqligi, interfeys va dizaynning qulayligi, ranglarning mosligi, matnning bexatoligini ta’minlash.
  •  Elektron darslikka о‘quvchilarni berilgan material ustida ishlashga va amalda qо‘llashga undovchi topshiriqlar kiritish.

Elektron darsliklardan foydalanishning afzalligi va kamchiklari:

Аfzalliklari:

  • 1.O`quvchining  bilim olish samarasi ortishi
  • 2.Hamkorlik
  • 3.Vaqtdan unumli foydalanish
  • 4.mustaqil bilim olish.
  • 5.nazaria va amaliyot uyg`unligi
  • 6.faollik  va darsga bo`lgan qiziqishning ortishi
  • 7.Mustaqil fikrlay oladigan o`quvchini shakllanishi

Kamchiliklari

  • Auditoriyalar kompyuter bilan jihozlanmagan bo’lsa ;
  • O’qituvchi kompyuter va EXM bilan ishlashni bilmasa;
  • Talaba kompyuter va EXM bilan ishlashni bilmasa ;
  • Elektr tarmog’i  ishlamay qolsa ;
  • Kompyuterga virus tushsa :
  • ·        O’qituvchi matematik paketlardan foydalanishni bilmasa ;

Xulosa  qilib  aytganda, ta’lim sohasida AKT va electron darsliklardan foydalanish dars samaradorligini oshirishni ta’minlashda ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini jadallashtirish; o‘quvchini har tomonlama rivojlantirish; axborot jamiyati sharoitlarida maktab bitiruvchilarini hayotga tayyorlash; global axborotlashtirish jarayonlari sababli kelib chiquvchi ijtimoiy buyurtmani bajarish kabi vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi. Darslarida elektron   darskilardan foydalanilgan holda dars va mashg’ulotlarni o’tkazish 

  • dars sifatini orttiradi, o’quvchilarda quyidagi ko’nikmalarni hosil qiladi :
  • Kompyuter savodxonligini rivojlanadi, darsda bilim olshga bo’lgan qiziqishini oshiradi, axborot madaniyatini shakllanishi, o’quvchilarni bilim saviyasini oshishi,
  •  darsni ikki tomonlama olib borilishi buning natijasida narotini oshishi,
  • bilimi past o’quvchilarni darsga qiziqishini oshishi,o’quvchilarni baholash osonlashishi .

Natijada o`tkazilgan dars sifati va  samaradorligi ortadi. Bu esa hozirgi zamon talabidir.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Aripov M.M. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. – T.: O’zMU, 2001.
  2. Informatika: Uchebnik. /Pod red.N.V.Makarovoy/.– M.:Finansы i statistika, 2000.
  3. Toyloqov N. va boshqalar.   IBM - PC kompyuteri. – T.: O’zbekiston, 2008.
  4. Xolmatov T.X., Toyloqov N.I., Nazarov U.A. Informatika. – T.: O’zbekiston milliy enstiklopediyasi, 2003.

 

 

 

Calendar

«    Декабрь 2023    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031