Article
Поделиться:

Texnologiya fanining maqsad va vazifalari


Qoraqolpoqston Respublikasi Chimboy tumani 
XBB ga qarashli 9-sonli umumtalim maktabining
 texnologiya fani  o'qituvshisi 
Seytnazarova Zarafshan Menlibaevna


Annotatsiya:Ushbu maqolada texnologiya atamasi haqida tushuncha, texnologiya fanining maqsad va vazifalari  to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilgan. 

Kalit so‘zlar:texnologiya, vazifa,maqsad, dizayn,o‘quvchi, metod,kasb-hunar mehnat 

        Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modеlining asosiy g‘oyasi barkamol insonni tarbiyalashni nazarda tutadi. Barkamol shaxsning muhim sifatlari bo‘lgan mehnatsevarlik, kasbiy qiziquvchanlik, ijtimoiy faollik, tirishqoqlik, intizomlilik, tashabbuskorlik, ijodkorlik qobiliyatlarini tarbiyalash o‘rta umumiy ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy modеlining markazida shaxs sifatlari turar ekan ta’lim mеtodlarini shu asosida tanlash va qo‘llash ishlarini takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu borada o‘quvchilarning faolligini oshirish, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni samarali tashkil qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mеhnat ta’limi darslari yoshlarni hayotga, kasb-hunarga tayyorlashda muhim o‘ringa ega.

      Texnologiya (yunoncha techne — sanʼat, mohirlik, o‘quv) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqalar.Masalan, qurilish ishlari texnologiyasi bir qancha operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan: yer ishlari (yerni tekislash, kotlovan va transheyalar kazish); poydevor yotqizish; devor tiklash (gʻisht terish, panel oʻrnatish); antiseysmik belbogʻlar va temirbeton ustunlar ishlash; qavatlararo va tom yopmalarini montaj qilish, tom yopish; elektr, gaz va suv tarmoqlarini oʻtkazish; pardoz ishlari va h.k. Har qaysi operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari bor. Mas., pardozlashda avval devor tekislanadi (mayaklar oʻrnatiladi), qora suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra oqlanadi (boʻyoq beriladi) yoki gulqogʻoz (oboy) yopishtiriladi.

      Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil, bino yoki inshoot va 6.) shunchalik sifatli boʻladi. Texnologiyaning fan sifatidagi roli va vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan iboratexnologiya Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnologiya ham yangilanib va oʻzgartirib turiladi. Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, tipaviy texnologik jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning yagona tartibi boʻlishi lozim.

      Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini o‘z kasbining mohir ustasi   qilib tarbiyalash, ularga yog‘och va metallning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlarni, ularni rejalash, yo‘nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari, qo‘l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanishni hamda mustaqil O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Ushbu fanning vazifasi – talabalarga yog‘och va metallarni rejalash, yo‘nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l va elektr asboblarining tuzilishini, ishlashini, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlarni, mashinalar elementlarini, texnologik xaritalarni tuzishni, dizayn talablari darajasidagi ro‘zg‘orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlashni, elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlashni, uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo‘llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilishni, o‘lchash va taqqoslash texnologiyalarini, mehnatni ilmiy tashkil etishni o‘rgatishdan iborat.

     Bu fanning asosiy maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-metodik asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan.O‘quvchilar yog‘ochning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlarni egallash, ularni rejalash, yo‘nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, o‘quvchilar metallarning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika, ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish, mehnat qonunchiligi hamda xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, o‘quvchilar elektr montaj ishlarida ish o‘rnini tashkil qilish.Simlarining turlari; elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o‘tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan bilan ishlash usullari,pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari bilan tanishish. Yurtimiz me’morchiligi tarixi, xona intereri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari; xona va fanlar bo‘yicha o‘quv kabinetlarida mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lishlari kerak. 

O‘zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog‘liqligi; texnologik jarayonlar, yangi texnika, ilg‘or texnologiyalar; mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Dizayn talablari darajasidagi ro‘zg‘orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlashni, ro‘zg‘orbob hamda xaridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni, bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish.

Maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog‘ligiga ta’siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o‘rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlashni,taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari; ta’mirlashda qo‘llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o‘lchash va taqqoslash texnologiyalari bilan shug‘ullanish. 

Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo‘na­lishlari, tartibi va standartlari; mulk­chilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar. 

O‘quvchilar yog‘ochga va metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo‘yicha ko‘rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari; hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta’minlanishiga ko‘ra baholash; kompozitsion yaxlitlik; xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turlar; xalq hunarmandchiligining tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg‘unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi kerak.

      Xulosa qilib aytganda, texologiya fani  o’quvchilarning tanlagan kasblariga nisbatan qiziqishlari shu kasblar ularning mayillariga muvofiq va qobiliyatlari turlariga mos bo’lishini, kasb tanlashning ongli va mustaqil ravishda amalga oshirilishini, o’quvchilar shaxsiy intilishlari va imkoniyatlarini jamiyat ehtiyojlari bilan mos kelishini ta’minlaydi.

 

 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Булатов С С У збек халк амалий безак санъати, - Тошкент:«Мех,нат», 1991

2 .Калюга С У., Чечел И. Д. Ишлаб чикариш асослари Касб танлаш. I- 2-к — Тошкент: «Узбекистон» 1988, 1989

3. Каримов И., Эргашев С., Тох.иров У. О 5-синфда мех,наттаълими дарсларида халк хунармандчилиги ишларини урганишУслубий кулланма. — Тошкент: «Фан ва технология», 2009, 

4 .Каримов Исмоил, Тох.иров У О Мустак.иллик - чнг буюк неъмат: Даре ишланма. - Тошкент: 2012

5 .Тохиров У "Тикувчилик ва дизайн" бизнес лойихаси -укувчилар тадбиркорлик куникмаларини шакллантириш омили сифатида "Таълим ва технология": Илмий-услубий маколалар туплами - Тошкент:, 2012. Кс2 (17) -Б. 460-462.

6. Тохиров У. Мех,нат таълимини мазмунан модернизациялаш жараёнида графикли органайзерлардан фойдаланиш усуллари

"Таълим технологиялари": Илмий-услубий журнал. М ахсус сон. -Тошкент:, 2012 .

7. Ш арипов Ш., Ш амсиева 3. Мех,нат таълими фанидан узвийлаштирилган укув дастурлари асосида назорат ишларини утказиш буйича методик тавсиялар (1 -9 синфлар). Мeтодик кулланма - Тошкент: РТМ, 2010. - 80 б.

 

 

 

 

Calendar

«    Июнь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930