Article
Поделиться:

Bobur ijodini o'qitishda qòllaniladigan interfaol usullar


Chinoz tumani 6-maktab o`qituvchisi 

 Madumarova Diyora 

Annatatsiya: Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini o’rganishda interfaol usullardan foydalanish va metodlarnig o’ziga xos afzalliklari haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so’zlar: Interfaol usullar, “Aqliy hujum”, “Tezkor savol-javob”, “Sanalar tilga kirganda”, “Tushunchalar tahlili”.

 

Shoh va shoir, tarixchi, geograf, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasining asoschisi, temuriy shahzoda - Zahiriddin Muhammad Bobur o’zbek adabiyot osmonining porloq yulduzidir. Ul zotning ijodi juda katta meros, har qancha o’rgansangiz, yangi-yangi jabhalarni kashf etish mumkin. Adabiyot darslarida mavzularni o’rganishda o’quvchilarni qiziqtirish, bugungi kun talabi asosida interfaol metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchisi uchun ham notanish emas. Bobur ruboiylarini bolajonlar tilidan eshitib, o’zbekona g’urur va iftixorga to’lamiz, xursandligimizdan ko’zimiz quvonch yoshlari bilan to’ladi. Shunday bo’lsa-da, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi o’rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich o’rgatib boriladi.

Avvalo dars boshlashdan oldin o’quvchilar sonidan kelib chiqib, ikki (yoki uch­) guruhga ajratiladi. Guruhlar Zahiriddin Muhammad Bobur ismidan kelib chiqib Zahiriddin guruhi, Muhammad guruhi, Bobur guruhi deb nomlanadi. “She’riy daqiqa” o’tkazish orqali Bobur ijodiga oid ruboiy, g’azal, tuyuqlari tinglanadi. Aruz vaznida oid janrlarni yod olish va ifodali holda aytish usullari o’rgatiladi. Bobur ijodini tez yod olish va xotirada mustahkam saqlash uchun o’quvchilar bilar “Tezkor savol-javob” o’tkazish kerak. Guruhlar uchun beshtadan aniq va lo’nda javobga ega savollar beriladi. Masalan:

1.             Bobur qachon va qayerda tug’ilgan?

2.             “Boburnoma” qanday asar hisoblanadi?

3.             Bobur ruboiylar sonini ayting.

4.             Bobur necha yoshida taxtga o’tiradi?

5.             Boburning farzandlari haqida nimalarni bilasiz?

(Izoh: savollar o’quvchilar yoshi va bilim saviyasiga mos holda tanlansa, maqsadga muvofiqdir)

O’quvchilar bilan yakka tartibda uy vazifasini bajargan yoki bajarmaganligini bilish uchun “Aqliy hujum” metodidan foydalangan holda aniqlik kiritish mumkin. Yana “Aqliy hujum” metodidan ba’zi sabablarga ko’ra darsga kech kelgan o’quvchilar bilimini tekshirish va ularni boshqa kech qolmasligini ta’minlash uchun ham qo’llashni tavsiya qilgan bo’lar edim. “Aqliy hujum” metodi uchun savollar: Boburiylar sullolasi necha yuz yil hukmronlik qildi? , Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qanday asarlar yaratildi?, Bobur haqida tarixiy asar yozgan yozuvchilar nomini sanab bering.

“Sanalar tilga kirganda” interfaol usuli orqali Bobur hayoti va ijodiga oid muhim sanalar slayd yoki ko’rgazmali holda ko’rsatilib, voqealar haqida so’rash orqali amalga oshiriladi: 1483-1530-yillar … (Bobur yashab ijod etgan yillar), 1494-1530-yillar… (“Boburnoma” asari yozilgan yillar ), 1526-yil… (Hindistonni bosib oldi va boburiylar sulolasiga asos soldi), 1523-1525-yillar… (Aruz vazniga oid “Muxtasar” qo’llanmasi yozilgan yillar), 1519-1529-yillar… ( “Qobul” va “Hind” devonlarin yaratgan yillar). Ushbu metod adabiyot darslarida tez-tez qo’llansa, o’quvchilarning sanalarga diqqatli bo’lish va yodlab olish qobiliyatlarini shakllanishiga sabab bo’ladi.

Yuqori 10-11-sinf o’quvchilari uchun “G’azalni davom ettiring” metodini qo’llash, o’qituvchi bir misra yoki baytni aruz vazni asosida aytish va davom ettirgan o’quvchini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish orqali g’azal yod olishga jalb qilish va qiziqtirish mumkin. 5-sinflarda esa “Ruboiyni davom ettiring” shaklida ham qo’llash orqali o’quvchining yoshiga nisbatan topshiriq berish, DTS talablariga amal qilish lozim.

Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridan olingan parchani o’rganish va tahlil qilishda “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanish orqali keltirilgan so’zlarga izoh va sharhlar yoziladi. Buning uchun o’quvchilarga tushuncha va tahlil so’zlari yozilgan ikki qismga bo’lingan jadval ko’rinishidagi chizma va tushuncha qatoriga yozilgan so’zlar beriladi. O’quvchilar so’zlarni mazmun mohiyatini tahlil qatoriga yozgan holda izohlaydi va misollar orqali isbotlashi ham mumkin. Tushuncha ahbob, tahlil do’stlar, yorlar. Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutingiz! Jamiyatingiz borini davlat tutingiz! Tushuncha Bobur, tahlil she’r, ulug’, buyuk .

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini o’rganish davomida o’quvchilarni adabiyotga bo’lgan qiziqishlarini oshirish uchun juda ko’plab interfaol usullarda foydalanish mumkin. O’quvchilarning yaxshi bilim olishi va yurtga munosib farzand bo’lishiga hissa qo’shish biz pedagoglarning eng ezgu maqsadimizdir. Abdurahmon Jomiy aytganidek, “Jahonda bo’lmasa muallim agar, Hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar”. Go’zal hayotda go’zal yashash, hammamizga nasib qilsin.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:       

1.      Ahmedov S, Qosimov B va boshqalar. Adabiyot 5-sinf uchun. 2-qism. Toshkent: “Sharq”, 2015. (107-110-bet)

2.      Bobur. Boburnoma. Toshkent.2007.

3.      Ochilov M. Yangi pedagogik texnalogiyalar. Qarshi: Nasaf, 2000.

4.      To’xliyev B, Karimov B va boshqalar. Adabiyot 10-sinf uchun. 1-qism. Toshkent: “Sharq”, 2017. (110-112-bet)

5.      To’xliyev B, Qosimov B va boshqalar. Adabiyot 11-sinf uchun. 1-qism. Toshkent: “O’zbekiston”, 2019. (158-160-bet)

 

Calendar

«    Июнь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930