Article
Поделиться:

Kasrlar haqida tushuncha


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 24- umumiy o'rta ta'lim maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
Usmonqulova Shaxnoza Ibragimovna 




Bugungi kunda hayotimizda ulush va kasr tushunchalarini ko’plab uchratishimiz mumkin. Kundalik ishlarimizda ham, insonlar bilan suhbatlashganda ham ulush va kasr kabi tushunchalarni ishlatamiz. Bunday tushunchalarni bolalik chog’imizdayoq (maktabgacha bo’lgan davrlarda) ishlatsakda, uning ma’nosini uncha anglamasligimiz mumkin.  Boshlang’ich  maktabda   ulushlar  va  kasrlar   bilan  dastlabki  tanishishni   V  sinfda   kasrlarni   
o’rganishga  tayyorgarlik  sifatida   qarash  lozim.  To’rt   yillik  boshlang’ish  maktabning   III  sinfi  dasturida 
  sonning  ulushini  va   ulushiga  ko’ra   sonning    o’zini  topish  masalasi   qaraladi.  IV sinfda  esa   sonning  bir  necha   ulushlarini  topishga  doir   masalalar  yechiladi.  Ulush   va  kasr  nima?   “Ulush”  va  “Kasr”    tushunchalari  bolalar  uchun odatdan   tashqari  tushunchalar  bo’ladi   Bu  tushunchalarni  o’zlashtirib   olish  uchun  o’qitishni to’la  ko’rsatmali   qilish  zarur.  Amaliyotda   eng  ko’p  qog’oz   tasmalar,  chizg’ichlar,  kasr   sanog’i  
silindrlari  qo’llaniladi.   O’qitishning   birinchi  bosqichida  bu   ko’rsatma  qo’llanmalardan  foydalanishning  
kamchiligi   shundaki,  bo’lishdan  keyin   qolgan,  masalan,  qog’oz   tasmalar  bo’laklarining  o’zlari   shakli 
 bo’yicha  dastlabki   tasmalarga  o’xshash  bo’lib,   ularni  yana  bir   butun  birlik  sifatida   qabul  qilish  
mumkin.   Shu  sababli  dastlabki   vaqtlarda  shunday  narsalarni    olish  kerakki,  ularning   bo’laklari  shakli  
bo’yicha   butun  narsadan  farq   qilinsin  va  ularni    butun  narsa  sifatida   qabul  qilish  mumkin    bo’lmasin.
  Bunday  narsalar   doiralar,  kvadratlar,  to’g’ri   to’rtburchaklar,   uchburchaklar  bo’lishi  mumkin.   Lekin  faqat 
 geomitrik   figuralarning  o’zidan  foydalanish   haddan  tashqari  bir   xillikka  olib  keladi,   kartoshka,  olma, 
 turp   va  boshqa  ko’rsatma   qo’llanmalardan  foydalanish  kerak.   Qog’oz  tasmalar,  chiziqlar,   cho’plar  kabi 
 ko’rsatmalardan  foydalanishda   ularni  shunday  qo’yish   kerakki,  narsaning  tagida   uning  qismlari  bo’laklari 
  tursin  va  bolalar   narsaning  butun  va   kasr  qismlari  orasidagi   farqni  ko’rib  tursinlar.  Ulush   nima?  Agar  berilgan   ob’ektni  (narsani,  narsalar   to’plamini)  bir  necha   teng  bo’laklarga  bo’lish  
 mumkin  bo’lsa,  u   holda  bu  bo’laklarning   har  biri  ob’ektning (narsaning,  narsalar   to’plamining)  ulushi  deb   ataladi.  Ulush  ikkita   natural  son  va   chiziqcha  yordamida  yoziladi:  1/2,     1/3,    1/5  
Chiziqcha  ostidagi  son   ob’ekt  nechta  bo’lakka   bo’linganligini,  chiziqcha  ustidagi   son  esa  bunday  
 bo’lakdan  bitta  (ulush)   olinganligini  bildiradi. 
 Kasr  (yoki   kasr  son)  deb   shunday  natural  sonlar   juftiga  aytiladiki,  ulardan   chiziqcha  ostiga  yozilgani 
  ob’ekt  nechta  teng   bo’lakka  bo’linganligini,  ikkinchisi,   chiziqcha  ustiga  yozilgani   esa  hosil  bo’lgan   
ulushlardan  nechtasi  olinganligini   bildiradi:   3/4,   7/8.  
 Ulushning  va   kasrning  ta’riflarini  solishtirish   ulush  kasr  sonning   hususiy  holi  ekanligini   ko’rsatadi. Ta’riflarda  biz  bilib   turib  “surat”,  “maxraj”   so’zlarini  ishlatmadik,  chunki   ular  boshlang’ich  maktabda  
 ishlatilmaydi.  Bu  yerda   shuni  aytish  kerakki   kasrlarni  chiziqcha  bilan   yozuvi  va  o’qilishi,   masalan, 
 “to’rtdan  uch”,   “to’qqizdan  yetti”  va   hokazolar  eramizdan  avvalgi   VIII  asrda  Hindistonda,   keyinchalik
  u  Yevropaga   (XII-XIII  sarlar)  o’tgan. 
 Yosh  pedagog – o’qituvchilar  yo’l   qo’yadigan  xatolar  va   hokazolar  nimani  bildirishini   tushuntirishlarida  sodir  bo’ladi.  
 O’qituvchilar  ko’pincha  bitta   narsa  ikkita  (uchta,   beshta)  teng  bo’lakka   bo’lingan  deb  aytishadi.   
Bunday  tushuntirish  keyonchalik   3/5  yozuvini  tushunishni   qiyinlashtiradi. Ulush   tushunchasining   kiritilishini  o’quvchilarga  bunday   kirish  suhbati  yordamida    asoslab  berish  zarur:
 “Qarang  bolalar,   mana  bu  bir   bosh  sarimsoq  piyoz.   Agar  uning  usti   qismini  olib  tashlasak,   bir 
 nechta  “tishchalarini”   yoki   ulushlarini  ko’ramiz,  agar   apelsinning  po’stini  archsak,   u  10  ta   uluhga  
oson  bo;linadi.   Demak  tabiatda  butun   narsa  bir  nechta   bo’laklarga  bo’linadi,  mehnat   faoliyatlarida 
 odamlarning  ham   bir  narsani  ko’pincha   bir  necha   teng   bo’laklarga  bo’lishiga  (qirqishiga,   kesishiga, 
 ajratishga)  to’g’ri   keladi.  
Masalan,  duradgor,  bir   nechta   taxtani  bo’la   turib,  har  bir   taxtani  bir  necha   teng  bo’laklarga  
ajratishiga   to’g’ri  keladi,  bog’bon   gulzorni  teng  bo’laklarga   bo’ladi.  Bizning  sinf   ham  guruhlarga 
 bo’linadi.   Narsa  teng  bo’laklarga   bo’lingan  holda  u   ulushlarga  ajratilgan  deb   aytiladi.  Ulushlarga  har  
 doim  ham  ajratish   mumkin  bo’lavermaydi.  Masalan,   piyolani  teng  ajratish   mumkin  emas.  Biroq   
olmani,  kartoshkani,  nonni,   gazlamani  va  hokazolarni   bo’lish  va  bu   holda  ulushlar  haqida   gapirish  
mumkin.Ulushlar  bilan  mehnat  darsida,   o’qituvchi  rahbarligida  applikatsiya   ishlarini  o’tkazish  vaqtida  
 tanishtirish  mumkun.  Bundan   tashqari  ulushlarga  masala   va  misollar  keltirish   mumkin.  Masala:  
Tushlik   qilgandan  so’ng  onam   Shuhratga  bir  dona   apelsin  berdi.  U   apelsinni  teng  ikkiga   bo’ldi  va  yarmini   kichkina  singlisiga  berdi.   Apelsinning  yarmini  
apelsinning   “ikkidan  bir  qismi”   desak  bo’ladi. 
         Bu  son -   1/2 deb  yoziladi.  

Calendar

«    Декабрь 2023    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031