Article
Поделиться:

Tarix falsafasi haqida tushuncha




Qoraqalpog`iston Respublikasi Chimboy tumani 9- sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining Tarix fani o`qituvchisi

 

Nietullaeva Gulmira Orazalievna






Tarixning ilmiy jixatdan taxlil qilish uni idrok etish, yuz bergan ijtimoiy – siyosiy jarayonlar orqali muayyan davrning siyosiy va manaviy muhitini baholash har bir davr kishilari ruhiyati, manaviy ahloqiy mezonlari voqea hodisalarga munosabatini о‘rganish, uni falsafiy idrok etish tarix falsafasi tushunchasining mazmunini belgilaydi. 

Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili bilan tarix falsafasi yoki istoriosofiya shug‘illanadi. Tarix falsafasi tushunchasini ilk bor Volter qо‘llagan. Volter tadbiq etgan bо‘lsa – da, u amalda antik davrga borib taqaladi – deyiladi.

U mustaqil falsafiy fan sifatida о‘zining predmeti, kategoriyalar apparati va metodologik yondashuvlariga ega. Nemis marifatparvari Iogan Gotfrid Gerder (1744 – 1803) о‘zining “Insoniyat tarixi falsafasiga doir g‘oyalar”(1784) asarida ilk bor barcha xalqlarni о‘z ichiga qamrab olgan yagona umuminsoniy kelajakka olib keluvchi tarixiy jarayonning birligi g‘oyasini ilgari surdi. Jahon tarixiy jarayonini aynan shu tarzda anglashni u tarix falsafasining predmeti sifatida qaragan.xozirgi davrga kelib,tarix falsafasi yoki istoriosofik bilimlar (jamiyat tarixining nazariy masalalari)tuzimida uchta asosiy yо‘nalish ajratib kо‘rsatilmoqda. Bular: tarixiy jarayonni umumlashtirish (alohida “tarixlarni” yagona jaxon tarixiga jamlash), tarixning manosini axtarib topish va tarixiy bilish metodalogiyasini yaratishdan iborat.

Tarix falsafasining tarixiy xotira,tarixiy tafakkur mohiyati va qirralari,tarix fani tushunchasining mazmun mohiyati,tarix haqiqati va hayot haqiqati,inson va insoniyat taraqqiyoti kabi muammolarini о‘rganish orqali umuminsoniy va dunyoviy rivojlanish hodisalarining bir-biriga bog‘liq jixatlarini tadqiq etish, kо‘plab savollarga javob topish mumkin. 

Tarix.

Zamonaviy tarix fanining aloxida bо‘lim va tarmoqlari yordamchi va masus tarix fanlari, bilamizki, insoniyat bir necha ming yillik tarixga ega. Uning rivojlanish jarayonini tarix fani о‘rganadi. Biz tarix sо‘ziga bir qancha tariflarni keltirishimiz mumkin. 

- Tarix yunoncha historian sо‘zidan olingan bо‘lib, о‘tmish voqealar haqida hikoyalar,bо‘lib о‘tgan hodisalar degan manoni anglatadi.

Tarix,vaqt,davr,zamon,axtarish,qidirish,topish,tekshirish tekshirganlarni о‘rganish va о‘rganganlarni hikoya qilish degani. 

- Tarix – asrlar shohidi, haqiqat mas’hali,qalb xotirasi, hayot muallimidir.

- Tarix – tabiat va jamiyatning har bir taraqqiyot jarayonining kishilik jamiyatini xar taraflama о‘rganuvchi fan hisoblanadi.

- Tarix – yunoncha sо‘z bо‘lib, tadqiqot, hikoya manolarini bildiradi.

- Tarix insoniyat о‘tmishi rivojlanishining va xilma – xilligini о‘rganib, uning hozirgi va kelajak istiqbolini aniq tushinish maqsadidagi fandir.

Tarixning subyekti inson sanaladi. 

-Tarix о‘tmishning kо‘zgusi, kelajakning ustozi hamma fanlarning xam о‘ziga xos bо‘limlari  tarmoqlari, yordamchi va maxsus fanlardan iborat bо‘lgani kabi zamonaviy tarix fanida xam bо‘lim va tarmoqlari, yordamchi va maxsus tarix fanlaridan iborat. 

Tarixning alohida bо‘lim va tarmoqlarida tarixchilar jamiyat tarixini butun jaxon tarixi asosida qismlarga ajratib о‘rganadilar. Bunda umumjahon tarixi. Ibtidoiy jamoa tarixi, qadimgi tarix,о‘rta asrlar tarixi, yangi va eng yangi tarixga bо‘linadi. Ularni ham alohida tarmoqlarga bо‘lishimiz mumkin. Masalan, О‘rta asrlarni ilk va sо‘nggi о‘rta asrlarga va xakozo.

 Insoniyat tarixining alohida jihatlarini о‘rganish tarix fanining о‘ziga xos tarmoqlarini yuzaga keltirgan. Masalan Qadimgi Yunoniston tarixi, Qadimgi Rim tarixi, Qadimgi Hindiston tarixi, Qadimgi Xitoy tarixi va hokozolar.

Tarix fanining xam о‘ziga xos yordamchi tarix fanlari mavjud bо‘lib, ularga manbashunoslik diplomatika, xronologiya, metrologiya, geraldika, numizmatika, geneologiya, sfragistika va xokozolarni kiritishimiz mumkin. 

Maxsus tarix fanlariga arxeologiyava etnografiyani kiritishimiz mumkin. Ular tarix fanining asosiy qismi hisoblanadi. Eng qadimgi odamlar tarixini va ularga tegishli ashyoviy manbalar asosida о‘rganuvchi fan arxeologiya deb ataladi. Bu fan jamiyat tarixini moddiy ashyolar va yodigorliklar asosida yorganib, shuningdek qadimgi buyumlar (masalan, mehnat va ov qurollari, rо‘zg‘or buyum idishlari, taqinchoqlar asosida) va yirik komplekslar ( masalan, mozorlar, yodigorliklar va xokozolar) asosida  arxeologik qazish ishlarini olib borib, moddiy tarixga oid ashyolarni о‘rganadi. 

Etnografiya – elshunoslik, xalqlar tarixiga oid fan tarmog‘i hisoblanib, xalqlarning kelib chiqishini, tarqalishini, urf-odatlarini, о‘zaro madaniy-tarixiy munosabatlarini о‘rganadi. 

Tarix falsafasining shakllanish tarixi. 

Taraqqiyot bevosita tarix falsafasi hisoblanadi. Tarix falsafasi  Geradot va Fukididning antik davrdagi tarixiy harakat kuchi haqidagi tadqiqotlardan boshlanadi. 

Tarixni falsafiy anglash jiddiy tadrijiy rivojlanishni kechirdi. Qadimgi sharqda tarix tabiatdagi narsalarning va yil fasllarining almashinuvi kabi abadiy о‘z holiga qaytish jarayoni sifatida talqin etilgan.masalan, Qadimgi Hind falsafasi hayotning harakati abadiy shaklda borishi (sansara) talimoti va u bilan bog‘liq kishilarning u yoki bu qilmishlari uchun beriladigan mukofotning muqarrarligi sifatida karma qonunining mavjudligi haqidagi g‘oyalar muhim ahamiyat kasb etadi. 

Qadimgi Yunonistonda, xususan Geraklit talimotida ananaviy shaklda tarixning davriy paradigmasi birinchi bor о‘z ifodasini topdi. Unga kо‘ra tarix aylanma shaklda harakat qilib, doimo о‘zining dastlabki holatiga qaytadi. О‘rta asrlarda tarixga diniy, teologik qarash hukmron edi. Tarixiy jarayonning ibtidosi sifatida olamning xudo tomonidan yaratilishi g‘oyasi qabul qilinib, tarixni xarakatga keltiruvchi asosiy kuch ilohiy abadiy vujud hisoblangan.

Marifatparvarlik davridan boshlab tarix dinamikasi-ning sababini tashkil etuvchi asosiy qonun sifatida taraqqiyot g‘oyasidan faol foydalana boshladi. Fransuz marifatparvarlari Didro, Volter, Dalamber va boshqalar taraqqiyot yо‘nalishining namoyandalari edi. Jan Antuan Konderos (1743- 1794)bu talimotni har tomonlama ishlab chiqishga harakat qildi. Uning fikricha, inson qobiliyatlar rivojining chegarasi yо‘q, shuning uchun “tarix hech qachon orqaga qaytmaydi” 

XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida tarix falsafasi aksariyat hollarda rivojlanish tarixi edi. Uning eng yuqori chо‘qqisini Gegelning rivojlanish nazariyasi tashkil etdi. 

Gegel tо‘g‘ridan tо‘g‘ri dunyoviy aql – zakovat, umuminsoniy tafakkur, insoniyat hatti – harakati va aql idroki uyug‘unligi  asosida vujudga kelgan, ong va tafakkur hukumron bо‘lgan yaxlit borliqni tarix deb tushunadi. О‘z falsafa maktabini ana shu g‘oya asosida quradi.

XIXasrning 40-yillarida jamiyat va uning rivojlanish tarixiga materialistik qarashni tarixiy materializm, deb nomlandi. Bunda tarixning rivojlanishiga tabbiy – tarixiy qonuniy jarayon sifatida qaralib, uning asosini topadi va antogonistik jamiyatda sinfiy  kurash orqali namoyon bо‘ladi. Gegel va Marks tarix falsafasining umumiy xususiyati shundaki, ular tarixga inson ongi va irodasidan tamomila mustaqil mavjud faqat olg‘a qarab rivojlanuvchi qonuniy jarayon sifatida qaraganlar. 

XX asrning ikkinchi yarimidan tarix falsafasining ananaviy muammolari muayyan ijtimoiy fanlar tasarrufiga о‘ta boshladi. Shu munosabat bilan pozitivizm tarix falsafasining intihosi va uning sotsiologiya bilan almashganini elon qildi. Ayni shu davrda Shpengler, Toynbi, P. Sarokin va boshqalarning ijodlarida tarix rivojiga davriy yondoshuvning yangi variantlari ham payodo bо‘la boshladi. 

Tarix falsafasining rivojlanish jarayonida vujudga kelgan yondoshuvlar.

Monistik va plyuralistik yondoshuvlar.

Tarix falsafasining rivojlanishi jarayonida tarixiy bilishga bir qator metodologik yondashuvlar vujudga keldi. Ularning ichida monistik va plyuralistik; chiziqli va davriy; farmatsion va svilizatsion konsepsiya kabi dixotomik qarashlarni keltirish mumkin. Monistik yondashuv doirasiga marksistik talimot va postindustrial jamiyat nazariyalarini kiritish mumkin. Formatsion talimot ijtimoiy rivojlanishning ustuvor omili deb ishlab chiqarish usulini tan oladi va shu tamoyil asosida insoniyat tarixi rivojini muqarrar, birining о‘rnini boshqasi egallamay-digan besh asosiy formatsiyalar (ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, Feodalizm, kapitalizm va komunnizm) ga ajratadi.  Ikkinchi talimotni post industrial jamiyat konsepsiyasi texnikani insoniyat tarixining asosiy omili, deb hisoblaydi va jamiyat tarixini birining о‘rnini keyingisi egallaydigan 3 ta bosqichga bо‘ladi, bular: an’anaviy (sanoatlashgungacha), sanoatlashgan va postsanoat-lashgan (informatsion) jamiyatlar. Plyuralistik yondashuv insoniyat tarixining birligini inkor etib, о‘zaro teng qadrli tarixiy tuzilmalarni svilizatsiyalarning mavjudligini tan oladi, shu asosda insoniyat tarixi rivojlanishining yagona taraqqiyot jarayoni ekanligini inkor etadi. 

Calendar

«    Декабрь 2023    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Popular

img
Wear culture
23-01-2023, 18:14