Поделиться:
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH – PEDAGOGIK ZARURIYAT
Ibragimova Yulduzxon Baxodirovna
Andijon viloyati Jalaquduq tumani 17 - DIUM Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi

Annotation: this article provides an idea of the pedagogical necessity and existing state of development of intellectual abilities of Primary School students, the level of learning in particular.
Keywords: primary education, ability, intelligence, mathematics, development, didactic Games, creative approach, thinking, integration.
Аннотация: В данной статье рассматривается педагогическая необходимость и текущее состояние развития интеллектуальных способностей младших школьников, степень усвоенности.
Ключевые слова: начальное образование, способности, интеллект, математика, развитие, дидактические игры, творческий подход, мышление, интеграция.
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini
rivojlantirishning pedagogik zaruriyati va mavjud holati, o‘rganilganlik darajasi hususida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, qobiliyat, intellekt, matematika, rivojlanish, didaktik o‘yinlar, ijodiy yondashuv, fikrlash, integratsiya.
Boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisi boshlangʼich taʼlim oʼquvchilarining intellektual fikrlay olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, oʼzini-oʼzi anglash salohiyatini shakllantirishi, moddiy borliq goʼzalliklarini his eta olishga oʼrgatishi, boshqalar fikrlarini tushunishini, shaxsiy fikrlarini ogʼzaki va yozma bayon eta olish hislatlarini shakllantirishga erishishi lozim. “Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati maʼno-mazmuni va uning dolzarbligidan kelib chiqib, unga quyidagicha izoh keltirish mumkin: birinchidan, yangi taʼlim tizimi, barkamol avlod kadrlarni tayyorlashdagi oʼzgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo boʼlgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bogʼliqligidir; ikkinchidan, taʼlim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi; uchinchidan, taʼlim inson shaxsining intellektual-maʼnaviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarish va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlashga qaratilgan harakatlar yigʼindisi boʼlib, maʼrifat hamda bilim berishni anglatadi; toʼrtinchidan, fan jamiyatining ijtimoiy institutlaridan biri boʼlib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shaklidir. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi”.
Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarga ega yoshlargina mamlakatning buyuk kelajagini taminlashi mumkin.
Intellekt (lotincha: intellects — bilish, tushunish, idrok qilish) — insonningaqliy qobiliyati; hayotni, atrof muhitni ongda aynan aks ettirish va oʻzgartirish, fikrlash, oʻqish-oʻrganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli masalalarni halqilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqeahodi-salarni oldindan koʻra bilish layoqati. [5, 46-b]
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish,
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini
qo‘llab quvvatlash va ro‘yobga chiqarish”ikabiustuvor vazifalar belgilanib, bu borada boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining intellektualqobiliyatlarini rivojlantirish amaliyotini tahlil qilish, mantiqiy fikrlash
mezonlarini aniqlashtirish, o‘quvchilarning intellektual rivojlanishlari va o‘z qobiliyatlari va moyilliklariga
muvofiq malakalarni egallash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
[1, 6-son, 70-modda]
Darslarni tayyorlash va o‘tkazishda quyidagi tamoyillarni amalda qo‘llash boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy tamoyillar hisoblanadi :
1 . Bolaning intellektiga ko‘p qirrali rivojlanish ta’siri tamoyili.
Darslar uchun nafaqat berilgan mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga hissa qo‘shadigan, balki bir qator intellektual fazilatlarni rivojlantiradigan mashqlarni tanlash va tuzish
2. Ta’limga samarali yondashish tamoyili.
Darsni shunday tashkil etishga harakat qilish kerakki, bolalar vazifalarni hal qilishning o‘ziga xos usullarini izlashsin, chunki bir vaqtning o‘zida ularning aqliy faoliyati faollashadi va intellektual fazilatlari yaxshilanadi.
3. Oqilona javob berish tamoyili.
Vazifalarni shunday shakllantirish kerakki, bolalar o‘z nuqtai nazarini, yechimining o‘z versiyasini asoslashlari kerak.
4. Ijobiy motivatsiya printsipi
Muvaffaqiyatli o‘quv jarayoni uchun sinfda maxsus sharoitlar yaratish - quvonch, ajablanish, zavqlanish muhiti.
5. Insonparvarlik va hamkorlik tamoyili
Boshlang‘ich sinf matematika darslari orqali o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari boshqa o‘quv predmetlariga nisbatan kengroqdir. Sababi, biz matematika darsidan oddiygina bir masala yechimini topish orqali ham fanlararo integratsiyani amalga oshiramiz, ham o‘quvchini kengroq nazariy bilimni amaliy hayotga bog‘lab o‘rganishlariga yordam beramiz va matematika darslarida o‘quvchilar o‘zi yashayotgan hayotdagi bo‘layotgan o‘zgarishlardan ham o‘z o‘rnida xabardor bo‘ladilar. Misol sifatida, 3- sinf matematika darsligidagi bir masalani keltirib o‘tmoqchimiz:
Masala. Anvarning akasi va singlisi bor. Uchalasining yoshini qo‘shib hisoblaganda 17 yosh. 6 yildan keyin ularning yoshini hisoblaganda qancha bo‘ladi? [6, 39 b]
Yuqoridagi birgina masalani yechimini izlash orqali o‘quvchilarda
birinchidan, tarbiya fani bilan integratsiya qilib aka-uka, opa-singillar orasidagi mehr-oqibat haqida o‘quvchilarning fikrlarini kengaytirish mumkin.
Ikkinchidan, hayotga bog‘lab masala yechimini topishda esa o‘quvchilarga quyidagicha savol berish mumkin, sizning akangiz (ukangiz), opangiz(singlingiz) va sizning yoshingizni qo‘shganimizda natija nechi bo‘ladi? 6 yildan keyin qanday o‘zgaradi bu oraliq?, 9 yildan keyinchi?, 10 yildan keyinchi?. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda
1. Nostandart masalalar 2. Mantiqiy masalalar
3. Muammoli vaziyatlarga keltiruvchi masala turlaridan kengroq foydalansak o‘z maqsadimizga osonroq erishamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategisi to‘g‘risida”gi PF-4947 son Farmoni //O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2017 yil., 6-son, 70-modda.
2. Adizov B “Boshlang‘ich talimni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari” Toshkеnt. 2002- yil.
3. Nurmatova Sh.I. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish: Mag. Diss. Toshkent 2014.
4. E.G‘oziyеv. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar tafakkurining o‘sish. Toshkеnt “Fan” nashriyoti 1980 yil. 46-bet.
5. M.M.Sultonov. Matematika darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-intellektual qobiliyatini rivojlantirish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2012
6. S.Burxonov, O‘. Xudoyorov. 3-sinf matematika darsligi. Toshkent 2019.
Комментарии
Calendar
« Декабрь 2023 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Popular

Tarix falsafasi haqida tushuncha

Inson hayotida kasbning o`rni

Piyodalar harakat xavfsizligini

Texnologiya fanining maqsad va
