Поделиться:
O‘QITUVCHINING INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH VA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Gʻaynazarova Saidaxon Gulomovna
Andijon viloyati Jalaquduq tumani 17-DIUM Boshlangʻich taʼlim 1-"V"sinf rahbari.

Аннотация: В данной статье представлена информация по содержанию использования инновационной педагогической технологии учителя начальных классов на уроке.
Ключевые слова: новый Узбекистан, достижения науки, использование передовых технологий, физиологические и психологические.
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining darsda innovatsion pedagogik texnologiyasidan foydalanishning mazmuni borasida ma’lumotlar beriladi.
Kalit so‘zlar: Yangi Oʼzbekiston, ilm-fan yutuqlari, ilg'or texnologiyalardan foydalanish, fiziologik va psixologik.
Yangi Oʼzbekiston sharoitida Uchinchi Renessansni toʼliq barpo etish va bunda boshlangʼich ta’lim ham yuksak talablarga mos boʼlishi talablari qoʼyildi. Chunki “boshlangʼich ta’lim umumiy oʼrta ta’limning tarkibiy qismi boʼlib, uning asosiy vazifasi 1-4-sinf oʼquvchilariga bilim berish, ularni tarbiyalash va koʼnikmalarini shakllantirish masalalarini qamrab oladi hamda unda ta’lim oluvchilarning aqliy, ma'naviy hamda jismoniy kamol toptirishning ilk bosqichini” amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinflarda o’qituvchilarni tanlash va tanlov asosida ishga olish ahbariyat diqqat e’tiboridan chetda qolib ketgan. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik faoliyatini muhokama qiluvchi pedagogik kengashlar yo’q, mavjudlari bu faoliyatga rasmiyatchilik nuqtai nazaridan yondashishgan. Tahlillarimiz shuni ko’rsatdiki, juda ko’pchilik umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilarining muayyan fanlar bo’yicha bilim darajasining yetarli emasligi, ta’lim-tarbiyaga oid hujjatlarning bilmasligi, o’zining kasbiy bilimi va mahoratini oshirishga qaratilgan maqsadli va rejali faoliyat yo’lga qo’yilmaganligini e’tirof etish lozim. Xuddi shuningdek, boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kichik maktab yoshdagi o’quvchilarning psixologik va fiziologik xususiyatlari, shuningdek ta’limtarbiya jarayonini tashkil etish va uni boshqarish hamda baholash o’rtasidagi mutanosibliklar hamda ta’lim-tarbiyaning metodik jihatlari to’g’risidagi ko’nikma va malakalar yetarli emasligi, pedagogik voqyelik va pedagogik jarayon o’rtasidagi turg’un bog’liqlik e’tiborga olinmayotganligi ham ayon bo’ldi. Binobarin, buyuk g’arb pedagogi A.Disterverg ta’kidlaganidek: «Yaxshi o’qituvchi o’zining tarbiya prinsiplaridan hech qachon voz kechmaydi. O’qituvchi o’z ustida mustaqil ishlashi lozim. Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib qo’ya qoladi. Yaxshi o’qituvchi o’quvchilarga haqiqatni topishga o’rgatadi».
Boshlang’ich sinflarda ko’zda tutilgan ta’lim samaradorligi boshlang’ich ta’lim konsepsiyasida e’tirof etilgan g’oyalar asosida yaratilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, metodik tavsiyanomalar, o’quv jarayonini tashkil etishning metod va mexanizmlari, o’qitishning innovasion g’oyalari va vositalariga bog’liq, albatta. Lekin bu pedagogik jarayonda yuksak pedagogik malaka va kasbiy bilimga ega, dars mobaynida muammoli vaziyatlarni yarata oladigan va uni yechimi taklif eta oladigan boshlang’ich sinf o’qituvchisining o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd qilish lozim bo’ladi. Yuqori sinf o’qituvchisi tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarning fundamental asoslari va umumiy qonuniyatlari, ularni kishilik jamiyatidagi o’rni va hamiyatini tizimli o’rgatishga, bilim berishning differensial jihatlariga ko’proq maqsadni yo’naltirsa, boshlang’ich sinf o’qituvchisi pedagogik-psixologik bilimlar majmuasi, ta’lim samaradorligini oshirish metodlari, omil va vositalari bilan qurollangan, matematika, ona tili, tabiat, inson va jamiyat ta’lim sohalarining ilmiynazariy asoslarini mukammal bilgan holda bolaning yosh (fiziologik va psixologik) xususiyatidan kelib chiqib fanning umumiy jihatlarini o’rgatishga, ya’ni integrativ ta’lim berishga yo’naltiradi. Bundan tashqari boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolani o’yin faoliyatidagi elementlarni ta’limiy faoliyatga yo’naltirishni boshqara olish, mas’uliyatni his qilish, ayrim muammoli vaziyatlarda to’g’ri qarorlar qabul qila olish, vaqtni rejalashtirish, o’quvchilarni istak-xoxishlariga e’tiborli bo’lish, shuningdek ezgulikni qadrlab istiqbolli kelajakni ko’zlash fazilatlarining shakllanishiga mas’ul tarbiyachi hamdir. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining yana bir muhim sifatlaridan biri- ta’limiy faoliyatni boshlang’ich va umumta’lim fanlarining uzviylik jihatlari hamda boshlang’ich ta’lim bosqichi fanlarining o’zaro aloqadorlik tamoyillari asosida tashkil etishidir.
O’qituvchi pedagogik faoliyatni tashkil etish uchun pedagogika nazariyasi, falsafa, sosiologiya, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, psixologiya, siyosatshunoslik kabi fanlarni bilishi shart hisoblanadi. Shuningdek, boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik faniga oid obyekt va hodisalarni to’g’ri talqin qilish uchun fizika fani qonuniyatlarini bilishni taqozo qiladi. Bundan tashqari bugungi kunda ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvning rivojlanishi pedagogika fanini o’qitishda kibernetik fanlar aloqadorligini ta’minlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`zidagi uslubiy bilimlarni rivojlantirishi uchun metodik kompitentsiyaning keltirib o`tilgan vazifalarini o`rganishi hamda ularni amaliy tajribada qo`llanishi orqali erishadi. Turli pedagogik o’zgarishlar natijasida o’qituvchining metodik qobilyati shakllanadi. Pedagogik mahoratga ega bo’lgan o’qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan o’qituvchi, o’sib kelayotgan yosh avlodning o’ziga xos hususiyatlarini tushuna oladigan, ularning tuyg’ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan, bola hayotidagi turli qiyinchiliklarni ko’ra oladigan va ularga mohirlik bilan yondashadigan, bilimlilik va ijodkorlikni o`zida mujassam o’tgan chuqur ilmiy fikrga ega shaxs hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish metodikasi
Maktabga borish bolalarning hayotida juda-katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalaming asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, asosiy vazifasi va ijtimoiy burchi o‘qish bo‘lib qoladi. 6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishni talab etadi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik, ishchanlik va bartiblik xislatlari bo‘lishi kerak. Bog‘chadan maktabga o‘tishlari natijasida kattalar bilan bo‘lgan munosabatlarida ham birmuncha o‘zgarish yuz beradi. Birinchi sinf o‘quvchisi ko‘pincha obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi. Aksincha, ta’lim so‘z-mantiq xotirasini taqozo etadi. So‘z mantiq xotirasining mavjudligi ma’nosini tushunib esda olib qolish jarayornining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi. Tajribadan ma’lumki, bola ma’nosiz so‘zlardan ko‘ra ma’nodor tushunchalarni birmuncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Iqtidor - bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati bo‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Psixologik lug‘atda “iqtidor” tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi.
1. Iqtidor bu-faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan qobiliyatlarning o‘ziga xos uyg‘unlashuvidir;
2. Iqtidor bu-insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va o‘ziga xosligini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar;
3. Iqtidor bu - aqliy potensial, ta’lim olish qobiliyati va bilish imkoniyatlarining bir butun individual xarakteristikasi;
4. Iqtidor bu - tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, qobiliyatlar tabiiy asoslarining o‘ziga xosligi va ularning namoyon bo‘lishi darajalari;
5) Iqtidor bu - iste’dodlilik, faoliyatda yuqori natijalarga erishish uchun ichki imkoniyat va sharoitlarning mavjudligi.
Ushbu tavsiflardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda (masalan, ta’lim, ijodiy, kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar yotadi. Umumiy qobiliyat egalari yuqori intellektual imkoniyatlarga ega bo‘lib, muammoning yoki biron-bir masalaning yechimini tezda topishi, faoliyatiga ijodiy yondashishi bilan ajralib turadi. Maxsus qobiliyat egalari esa-biron-bir aniq (masalan, matematika, musiqa, rasm chizish, shaxmat o‘ynash, sport) faoliyat turiga qobiliyati bo‘lgan va mana shu faoliyat bilan shug‘ullanishni afzal ko‘radilar. Iqtidorli bolalar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni o‘zida mujassam etgan bolalardir. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadilar: Pedagogik nuqtai nazardan umumiy va maxsus qobiliyat yoshdavrlarini inobatga olgan holda muhim jihatlarga bog‘liq. Erta yosh davrlar maktabgacha va kichik maktab yoshida iqtidor umumiy hamda universal qobiliyat sifatida ko‘rilishi va rivojlanishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan bu “umumiy qobiliyat” o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib ma’lum bir yo‘nalishni belgilaydi. Ayni vaqtda bu iqtidor bola tomonidan qay darajada namoyon bo‘layotganligiga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Aniq namoyon bo‘lgan, ya’ni psixolog, pedagog, ota-onalar tomonidan e’tibor berilgan qobiliyat “aktual”, atrofdagilar payqamaydigan qobiliyat “potensial”qobiliyat deyiladi.
Ko‘pgina mashhur olimlar, bastakorlar, rassom va yozuvchilar (masalan, yosh V.A.Motsart, F.Galton, I.Mechnikov, K.Gauss, N.Vinner, G.Leybnits, V.Gyugo) erta yoshdayoq o‘zlarining qobiliyatlarini namoyon qilganlar. Va aksincha ko‘p hollarda bolalikda hech qanday iqtidorga ega bo‘lmagan bolalar etuklik davrda muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Bu aqliy potensialga ko‘pincha atrofdagilar e’tibor bermasliklari mumkin. Tabiiyki, har bir holatda iqtidorni payqamaslikning sabablari turlidir. Potensial qobiliyat haqiqatdan ham ma’lum bir vaqtgacha namoyon bo‘lmagandir. Balki, ota-onalar pedagoglar va kattalar tomonidan bola qalbining nozik harakatlaridagi o‘zgarishlarga yetarlicha ahamiyat berilmagandir, intuitiv holda buni payqamagandirlar yoki bilimlari etmagandir. Yoki aksincha, bu narsalarni tushunmaganliklari sababli boladagi buyuk potensial imkoniyatlarni sezmaganlar va hattoki, bu ijodkorlikni, intellektual tashabbusni negativ xususiyat sifatida qabul qilganlar.
Boshqa, xususiyatlarni esa qadrliroq deb hisoblaganlar, ya’ni, hammamizga shaxsiy tajribamizdan ma’lumki, tirishqoqlik, itoatkorlik, saranjom-sarishtalik kabi xislatlarni fikrlar originalligi, dadillik, harakatlardagi va mulohaza yuritishdagi mustaqillikdan ustun qo‘yadigan ota-onalar, o‘qituvchilar, oliy o‘quv yurtlari professor o‘qituvchilari, rahbarlar uchraydi. Amerikalik olimlar tomonidan 400 ga yaqin taniqli odamlarning tarjimai holi o‘rganib chiqilganda ulardan 60 foizi maktab ta’limi davrida jiddiy muammolarga duch kelganliklari aniqlandi. Aktual va potensial qobiliyatlar tushunchasining mavjudligi rivojlanishni oldindan prognoz qilish muammosini muhim deb hisoblaydi. Shaxsning qanday sifatlari va xarakter xususiyatlari, fe’l-atvoridagi va faoliyatidagi fazilatlari kattalarga kelajakda bolaning buyuk olim, rassom yoki davlat arbobi bo‘lishi mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Bu savolga javob topish birmuncha mushkuldir. Psixologlar bolaning kelajagini “bashorat” qilish imkonini beradigan qator qonuniyatlarni belgilab berganlar, lekin asoslangan prognozlar berishga hali erishilgani yo‘q.
Shu bilan birga jahon pedagogika va psixologiyasi sohasidagi tajriba shuni ko‘rsatadiki, bolaning imkoniyatlariga ishonchning pedagoglar va ota-onalarning mahoratiga yo‘g‘rilganligi mo‘’jizalar sodir etishga qodir. Ba’zi hollarda hayotda insonga tabiat tomonidan berilgan qobiliyatdan ham ko‘ra u ana shu xususiyatni qanday rivojlantira olgani muhimdir.
Adabiyotlar:
- Mavlyanov A., va b.q. Pedagogik texnologiya tamoyillari asosida dars mashg'ulotlarini olib borish texnologiyasi. O'quv-uslubiy qo'llanma. – Toshkent, 2010 . -117 b
- Tolipov O. Umumiy pedagogika Toshkent: 2007-y.
- Buxarkina M., Mosiyeva V. Ta’lim tizimida yangi pedagogik va axborot texnologiyalari. – M., 2000.
Комментарии
Calendar
« Декабрь 2023 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Popular

O‘QITUVCHINING INNOVATSION PEDAGOGIK

Особенности математического стиля

Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish

ONA TILI O’QITISH METODIKASINING ILMIY
