Article
Поделиться:

Avtomobillarning elektr jihozlariga texnik xizmat ko`rsatish


Guliston tumani kasb-xunar maktabida, ishlab chiqarish taʼlimi ustasi

Saitqulov Farxod Uzakboevich


Akkumulyatorlar batareyalarini nosozliklari. Akkumulyatorlar batareyasini xizmat muddati uni to`g`ri ishlatilganda va o`z vaqtida xizmat koprsatilganda taxminan 3…4 yil yoki avtomobilni 75000…100 000 km bosib o`tgan yo`lini, yillik bosib o`tgan yo`l kichik bo`lganda 6 yilni tashkil qiladi. Elektrolitlarni ifloslanganligi, yuqori haroratli va sathi past elektrolitni ishlatish va saqlash, avtomobilda akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash tartibini buzilishi, yuqori zichlikka ega bo`lgan elektrolitni quyish akkumulyatorlar batareyalarini texnik holatiga katta ta`sir koprsatadi. Sanab o`tilgan sabablar qo`yidagi nosozliklarni keltirib chiqaradi: o`z-o`zidan razryadlanishni oshishi plastinalarda qisqa tutashuv va plastinani sulfatlanishi. Koprsatib o`tilgan nosozliklar batareyani sig`imini kamaytirishga, yuklama ostida EYUK va kuchlanishni pasayishiga olib keladi. Akkumulyatorlar batareyalarini koprsatilgan nosozliklarini asosiy belgilari dvigatelni ishga tushirishda startyor yordamida tirsakli valni aylantirishni sekinlanishi hamda lampalarni xira yonishi va tovushni signalini pasayishi. Bundan tashqari Ekspluatatsiya davrida batareyalarni yupqa shtirlarida va klemmalarida oksidlanish hamda korpusda yorilish paydo bo`ladi. Bu nosozliklar dvigatelni ishga tushirishda startyorni normal ishlashini buzilishiga va batareyadan elektrolit oqib ketishiga sabab bo`ladi.

Akkumulyatorlar batareyasini ishlatishda va saqlashda qo`yidagi sabablarga ko’ra o`z-o`zidan razryadlanishi mumkin: ichki qisqa tutashuv; batareyani tashqi sirtini ifloslanishi; batareyaga quyish uchun distillangan suv o`rniga tarkibida ishqor va tuz bo`lgan odatiy suvni ishlatish; galvanik juftlik hosil qiluvchi metall zarrachalari va boshqa buyumlarni batareya ichiga tushishi. plastinani faol massasida mahalliy toklarni paydo bo`lishi natijasida batareya o`z-o`zidan razryadlanadi. Bu toklar plastinani faol okislangan massasi va panjarasi orasida paydo bo`ladigan EYUK hisobiga paydo bo`ladi. Bundan tashqari uzoq muddat saqlaganda akkumulyatorlar batareyalaridagi elektrolit tinadi va batareyani pastki qismida elektrolit zichligi yuqori qismiga nisbatan ko’payadi. Bu ‘otentsiallar farqini paydo bo`lishiga va plastina sirtida teng toklarni hosil bo`lishiga olib keladi. Xizmat koprsatilmaydigan, to`la zaryadlangan soz akkumulyatorlar batareyasini sutkalik o`z-o`zidan razryadlanishi 0,2…0,3 foizni tashkil qiladi.

Har xil nomlanishdagi plastinalarda qisqa tutashuv alohida akkumulyatorlarda elektrolitni «qaynashi», sig`imini va kuchlanishni pasayishi bilan kuzatiladi. Bu hodisalarni kelib chiqish sabablari se’eratorlarni shikastlanishi, ‘latinalarni tob tashashi va ulardan faol massalarni to`kilib ketishi bo`lishi mumkin. Faol massalarni to`kilib ketishiga avtomobilda batareyani sistematik ravishda razryadlanishi, qotirmasini bo`shashi natijasida uni doimiy tebranib (vibratsiya) turishi sabab bo`ladi. ‘latinalarda qisqa tutashuv bo`lganda, ular almashtiriladi.

plastinalarni sulfatlanishi ularda katta kristalli qo`rg`oshinni oltinguggurtli oksidini plastinalarda oq dog` koprinishida paydo bo`lishi bilan bog`liq. Bunda akkumulyatorlarni elektrik qarshiligi oshadi. Sulfat qo`rg`oshinni yirik kristallari faol massa g`ovaklarini berkitib, zaryadlashda elektrolitni o`tishiga va faol massani shakllanishiga to`sqinlik qiladi. Buning natijasida plastinani faol sirti kichrayadi va batareyani sig`imi kamayadi. plastinalarni sulfatlanishini sabablari shundan iboratki, batareyani zaryadlashda kuchlanish va elektrolit harorati tez oshadi va elektrolit «qaynaydi», elektrolit zichligini oshishi deyarli sezilmaydi. Bundan keyingi razryadlash va startyorni ishlatganda sig`imni kamligidan batareya tez razryadlanadi. Sulfatlanishni kelitirib chiqishini asosiy sababi batareyani EYUK miqdorigacha razryadlanishi, ya`ni 10,5 V dan kam, elektrolit sathini kamayishi natijasida plastinalarni yalang`ochlanishi, razryadlangan akkumulyatorlar batareyalarini uzoq muddat saqlash, elektrolit zichligini juda kattaligi, dvigatelni yurgizishda startyorni ko’p vaqt ishlatish. Kam miqdordagi sulfatlanishni batareyalarni qayta tiklash zaryadi bilan bartaraf qilish mumkin. plastinalar ko’p miqdorda sulfatlanganda va buning natijasida akkumulyatorlar batareyalarini normal Ekspluatatsiya qilish imkoniyati bo`lmaganda ular almashtiriladi.

Musbat shtirlarni oksidlanishi tashqi zanjirda qarshilikni ko’payishiga va hatto tok o`tmasligiga olib keladi. Bu nosozlikni bartaraf qilish uchun uzatmalar klemmalari shtirlardan olinadi, shtirlar va klemmalar metalsimon yaltirashgacha tozalanadi va klemma shtirga o`rnatiladi. SHundan so`ng klemmalar va shtirlartashqi tomonidan VTV-1 texnik vazelini yoki boshqa kislotaga chidamli moy bilan yupqa qatlamda moylanadi. 

Korpusdagi darzlardan elektrolitni to`kilishini kuzatish bilan aniqlash mumkin. Uzatmalar klemmalarini qo`’ol ajratib olish natijasida darzlar ko’pincha batareyalarni shitirlari atrofida hamda korpus mexanik shikastlanganda paydo bo`ladi. plastmassali korpusdagi uncha katta bo`lmagan darzni polietilen ‘archasini kavsharlash qurilmasi yordamida berkitiladi. Korpusidagi  shikastlanish sezilarli bo`lsa, batareya almashtiriladi. Darzi bor akkumulyatorlar batareyasini majburiy Ekspluatatsiya qilishda shikastlangan batareyaga doimiy elektrolit quyish lozim, distillangan suv quyish mumkin emas.

Quruq zaryadlangan akkumulyatorlar batareyalarini ishchi holatga keltirish uchun qo`yidagi ishlarni bajarish lozim:

-batareyani shamollatish teshiklaridagi germetizatorlar olib tashlanadi;

-kerakli zichlikdagi elektrolit talab etilgan sathgacha quyiladi;

-elektrodlar elektrolitga to`yinguncha batareyalar ikki soat davomida turadi;

-batareyani texnik holati tekshiriladi: elektrolitni zichligi va harorati tekshiriladi;

-lozim bo`lganda batareyani zaryadlash va elektrolit zichligi va sathiga o`zgartirish kiritish bilan uning texnik holatini tekshirish.

Qo`rg`oshinli akkumulyatorlar batareyasida elektrolit sifatida maxsus akkumulyatorli yoki kimyoviy toza CHDA markali oltingugurt kislotasini suvdagi eritmasi ishlatiladi. 

quruq zaryadlangan batareyalarga quyish uchun sotuvda mavjud 1,27 yoki 1,28 g/sm3 li elektrolitdan foydalanish mumkin. Lekin elektrolitni o’timal zichligi Ekspluatatsiya sharoitiga bog`liqligini hisobga olib, kerakli zichlikka ega bo`lgan elektrolitni tayyorlash va uni to`g`rilash lozim bo`ladi. 

Kislota bilan ishlaganda uni odamni ochiq badaniga tushishi natijasida kuyish ehtimoli borligini hisobga olib elektrolit tayyorlashda qo`yidagi ehtiyot choralarini koprish lozim.

Kislotani distallangan suv bilan aralashtirishda asosiy qoida kerakli miqdordagi distillangan suvga yupqa oqimli kislotani asta-sekin quyiladi, quyish vaqtida plastmassa kaltakcha yoki qoshiq bilan aralashtirib turiladi. 

Kislotaga distillangan suvni quyish qat`iyan ta`qiqlanadi! 

Kislota suv bilan qo`shilganda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Agar suv kislotaga quyilsa, suv zichligini kamligi tufayli u kislotani sirtida oqadi, qaynaydi hamma tomonga kislota bilan birgalikda sachraydi. 

Kislotani suv bilan to`g`ri aralashtirganda ham aralashma qattiq qiziydi, kerakli miqdordagi elektrolitni tayyorlagandan so`ng uni sovutish va shundan keyin zichligini o`lchash lozim. Akkumulyatorlar batareyasiga quyilayotgan elektrolit harorati 300S dan yuqori va 150S dan past bo`lmasligi lozim.

Elektrolit zichligi areometr yordamida o`lchanadi Buning uchun rezina nok yordamida areometrni shisha kolbasi ichiga ma`lum miqdordagi elektrolit, ya`ni densimetrni suzishiga yetarli miqdorda so`rib olinadi va densimetr shkalasidagi suyuqlik sathi bo`yicha zichlik koprsatkichi aniqlanadi.

Elektrolit zichligini oddiy zichlik o`lchagich yordamida ham o`lchash mumkin, buning uchun rezina nok yordamida shaffof plastmassa korpusga po`kaklarni suzishiga yetarli miqdorda elektrolit so`rib olinadi. Zichlik o`lchagichni korpusida har bir po`kakni qarshisida elektrolitzichligi belgilangan. qaysi po`kak eng ko’p zichlikka suzib chiqqan bo`lsa o`sha elektrolit zichligi bo`ladi. Misol, agar po`kaklar 1,19, 1,21, 1,23, 1,25 zichlikgacha suzib chiqqan bo`lsa, elektrolit zichligi 1,25 g /sm3 ni tashkil qiladi. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, zichlik o`lchagichni o`lchash dia’azoni juda tor (1,19-1,31 g /sm3), shuning uchun juda ham ko’p razryadlangan (50 foizdan ko’pga) batareyadagi elektrolit zichligini bu asbob yordamida o`lchab bo`lmaydi. 

Elektrolit zichligini o`lchash bilan birga uni harorati ham o`lchab boriladi. Agar elektrolit zichligi o`lchanayotganda, uning harorati 250S dan farqli bo`lsa, haroratni har 50S ortishiga asbob koprsatkichiga 0,0007 g g`sm3 zichlik qo`shiladi, harorat pasayishiga asbob koprsatkichidan shuncha zichlik ayrilib boriladi.

Elektrolit va batareyani o’timal harorati uni quyishda 15…300S ni tashkil qiladi, shuning uchun past haroratlarda saqlangan batareyalarni hamda past haroratli tayyor elektrolitni quyishdan oldin yuqorida koprsatilgan haroratlar oralig`ini ta`minlash uchun bir qancha muddat issiq joyda (600S dan yuqori bo`lmagan joyda) saqlash lozim.

Akkumulyatorlar batareyasini texnik holatini tekshirish qo`yidagilarni o`z ichiga oladi:

-akkumulyatorlar batareyasidagi elektrolit sathini tekshirish;

-elektrolit zichligi bo`yicha akkumulyatorlar batareyasi zaryadlanish darajasini tekshirish;

-batareyani kuchlanishi va EYUK ni aniqlash;

-batareyani haqiqiy sig`imini aniqlash.

Akkumulyatorlar batareyalaridagi elektrolit sathi korpusdagi minimal va maksimal belgilar yordamida yoki indikator bo`yicha tekshiriladi. 

Elektrolit sathini koptarish uchun akkumulyatorlar batareyasiga toza distillangan suv quyiladi. Elektrolit qachonki, elektrolit sathi to`kilish yoki chayqalib chiqib ketish natijasida kamayganligi aniqlangandan so`ng quyiladi, bunda quyilayotgan elektrolit zichligi batareyadagi elektrolit zichligi bilan bir xil bo`lishi lozim. 

Batareyalar zaryadlangandan va uzoq masofa yurib kelgandan keyinoq elektrolit sathini tekshirish mumkin emas, chunki batareyadagi elektrolit sathi «qaynashi» natijasida bir qancha yuqori bo`lishi mumkin. Bunday holatlarda batareyadagi «qaynash» to`la to`xtagandan so`ng elektrolit sathini o`lchash maqsadga muvofiq bo`ladi. 

Akkumulyatorlar batareyasini zaryadlanish darajasi elektrolit zichligini o`lchash bilan aniqlanadi. Akkumulyatorlar batareyalariga birlamchi quyilgan elektrolit zichligini o`zgarishi bilan uning razryadlanish darajasini aniqlash mumkin. 250S haroratga keltirilgan elektrolit zichligini 0,01 g/sm3 ga pasayishi 6 foizga, ya`ni zichlikni 0,04 g/smga pasayishi akkumulyatorlar batareyasini razryadlanishi 25 foizni tashkil qiladi, elektrolit zichligi 0,08 g/sm3 pasaysa, 50 foizga razryadlanadi, zichlikni 0,16 g/sm3 ga pasayishi akkumulyatorlar batareyasini to`la razryadlanganligini bildiradi. Alohida akkumulyatorlarda elektrolit zichligini pasayishi har xil bo`lganda, batareyani umumiy razryadlanishini akkumulyatorlardagi elektrolit zichliklarini taxminan o`rtacha miqdori bilan aniqlash mumkin. 

Batareya kuchlanishini yuklama ostida tekshirish voltmetrli maxsus asboblar va startyorni ishlatishda yuklamaani imitatsiyalovchi yuklama qarshiligi yordamida o`lchanadi. Batareyadagi kuchlanishni yuklama ostida o`lchash uchun asboblar uchliklari batareyani musbat va manfiy shtirlariga ulanadi va besh soniya tugashi bilan voltmetr koprsatkichi olinadi. Agar kuchlanish 9 V dan yuqori bo`lsa, batareya soz, aks holda batareya zaryadlash lozim. 

Batareyani yuklamasiz EYUK ni yuklama qarshiligini uzib qo`yib ‘robnik yoki maxsus voltmetrli asboblar yoki 30 V shkalali voltmetr yordamida qutbliligini hisobga olib aniqlanadi. O`lchashni kerakli aniqligini ta`minlash uchun o`lchash zaryadlashdan taxminan 1 soatdan keyin va elektrolit harorati 15…300S bo`lganda amalga oshiriladi. EYUK miqdori bo`yicha batareyani zaryadlanganligini aniqlash mumkin, EYUK 0,01 V ga kamayishi uni zaryadlanganligini 1 foizga pasayishini bildiradi.

Batareyani haqiqiy sig`imini nazorat zaryad-razryad tsiklidan foydalanish orqali aniqlash mumkin. Bunda avval 0,05S20 ga (S20-batareyani nominal sig`imi) teng tok bilan zaryadlanadi, so`ng batareya shtirlaridagi kuchlanish 10,5 V bo`lguncha 0,05S20 tok bilan razryadlanadi. Batareyani haqiqiy sig`imi SF razryadlash vaqtini am’erlardagi razryad toki 0,05S20 ga ko’paytirgani bilan aniqlanadi, ya`ni .

Agar o`lchangan batareyani haqiqiy sig`imi uni nominal sig`imini 40 foizdan kam bo`lsa, unda almashtiriladi, agar ko’p bo`lsa uni to`la zaryadlab ishlatish uchun avtomobilga o`rnatiladi.

Akkumulyatorlar batareyasini texnik holatini amalda uning zaryadlanganlik darajasini elektrolit zichligini o`zgarishi bo`yicha aniqlash bilan cheklanadi. Batareyani sozligi dvigatelni ishga ishonchli tushirishi va normal zaryadlanishi bilan aniqlanadi.

 

 


Foydalanilgan adabiyotlar

 

1.     Texnicheskaya Ekspluatatsiya avtomobiley.-Uchebnik dlya VUZov g`’od.red ye.S.Kuznetsova.-M.:Transport, 2004

2.     Texnicheskaya Ekspluatatsiya avtomobiley.-Uchebnik dlya VUZov g`’od.red G.V.Kramarenko.-M.:Transport, 1985

3.     SHestopalov S.K. Ustroystva, texniseskoe obslujivanie i remont legkovo`x avtomobiley.-M.: IR’O; «Akademiya», 2000 

4.      Na’olskiy G.M. texnologicheskoe ‘roektirovanie avtotransportno`x pred’riyatiy i stantsiy texobslujivaniya avtomobiley.-M.: Transport, 1994

5.      Usmanov D.I. O`zbekiston Respublikasi avtomobil transporti harakatlanuvchi tarkibiga TXK va T to`g`risidagi Nizom.-Toshkent, 1999

6.      Sarbaev V.I. i dr. Mexanizatsiya ‘roizvodstvennix ‘rotsessov TO i R avtomobiley.-Moskva, 2003

7.      Fastovtsev G.F. Organizatsiya texnicheskogo obslujivaniya i remont legkovix avtomobiley.-M.: Transport, 1989

 


 

Calendar

«    Декабрь 2023    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031