
Avtomobillar ishtirokidagi transport jarayonini tashkil etish, avtomobillarni saqlash, ularga texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash, yonilg’i-moy mahsulotlari va ehtiyot qismlar bilan tahminlash ishlarini tashkil qilish uchun avtotransport tarmog’i korxonalari muhim rol o’ynaydi. Ishlab chiqarish vazifasiga ko’ra ular avtotransport, avtoxizmat va avtahmirlash korxonalariga bo’linadi. Bu korxonalar o’z navbatida xarakatdagi qismni texnik tayyor holda ushlab turuvchi va yuqori ishlab chiqarish unumdorligini tahminlovchi ishlab chiqarish texnika negiziga ega bo’lishi zarur.
Ish bajarish turiga qarab ATKlar yuk tashuvchi, yo’lovchi tashuvchi, aralash va avtokombinatlarga bo’linadi. Aralash ATKlarda avtomobillarni hamma(avtobus, taksi, yuk tashuvchi) turlaridan bo’lishi mumkin.
- bo’ysunishi bo’yicha: umumiy foydalaniladigan, vazirliklar va alohida tashkilotlarga tegishli bo’lishi mumkin.
Avtokombinatlarda avtomobillar soni esa 700-1000 tagacha yetadi.
Avtomobillarga xizmat ko’rsatish korxonalari(ATXKK)-maxsus ATK bo’lib, ular avtomobillarga TXK va T, hamda materiallar bilan tahminlash uchun xizmat qiladi. Ular, markaziy texnik xizmat ko’rsatish stantsiyalari (MTXKS), texnik xizmat ko’rsatish stantsiyalari (TXKS), avtomobillarga yonilg’i quyish shahobchalari (AYoQSH) va saqlash joylaridan iborat.
Texnik xizmat ko’rsatuvchi korxonalar o’z navbatida avtomarkazlar(avtosavdo bazalari, dukonlari), avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi shahar xududidagi, yo’l yoqasidagi stantsiyalar va turli ishlarga ixtisoslashgan avtoustaxonalar, hamda ayrim postlardan iboratdir.
Avtosaqlash joylari - avtomobillarni saqlash, ko’pincha TXK va ekspluatatsiya materiallari bilan tahminlash uchun xizmat qiladi.
AYoQSH-Avtomobillarni yonilg’i-moy mahsulotlari bilan tahminlash uchun xizmat qiladi. Benzin, dizel yonilg’isi va gaz tarqatuvchi turlarga bo’linadi. Oxirgi vaqtlarda, 250 dan ziyod avtomobillari bo’lgan ATK lar o’z xududida AYo+SH ga ega bo’lishi tahminlanmoqda.
Avtosavdo bazalari, do’konlari-Avtomobillarni sotuvga tayyorlash va sotish bilan shug’ullanadi.
Avtotahmirlash korxonalari avtomobil yoki uning agregatlarini qayta tiklash bilan shug’illanadilar. Ular avtomobillarni tahmirlash va agregatlarni tahmirlash zavodlari, agregatlarni(birikmalarni) markazlashgan holda tahmirlash bazalari maxsuslashtirilgan avtotahmirlash ustaxonalari, shina tahmirlash zavodlari kabilar hisoblanadi.
Avtomobil yoki uning birikmalariga texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash mahlum texnologiya asosida bajariladi.
Avtomobillarning ishlash qobiliyatini tahminlash maqsadi-da, uning texnik xolatini o’zgartirish uslullarining majmui texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash texnologiyasi deb tushiniladi.
Texnik talablar va rejaga asosan mahlum bir ketma-ketlikda avtomobil(agregat) ustida mahlum ish va amallar majmuasini bajarishga texnologik jarayon deyiladi. Avtotransport korxonalarida texnologik jarayonning xar-xil variantlaridan foydalaniladi.
Avtotransport korxonasida texnologik jarayonni tashkil qilinish variantlaridan birining shakli
Tanlab olingan texnologik jarayon quyidagilarni tahminlashi lozim:
- kamxarajatlilik va mehnat xovfsizligi;
- bajarilgan ishning yuqori sifati;
- bajarilayotgan ishlar uchun shaxsiy javobgarlik;
- profilaktik tadbirlarning solishtirma qismini ko’paytirish, shu jumladan oldindan tahmirlash ishlari;
- TXK va JT ning rejim va mehyorlarini muqobillashtirish;
TXK va JT ishlarini bajarish uchun maxsus loyixalash tashkilotlari tamonidan namunaviy texnologiyalar ishlab chiqiladi. Bu texnologiyalardan har bir aniq korxona uchun, ularning o’z ekspluatatsiya toifalari iqlim sharoitlari va korxonadagi mavjud texnik negizlar hisobga olingan holda o’zgartirishlar kiritilib foydalaniladi.
TXK ning namunoviy texnologiyalari, ulardan foydalanishda juda kam o’zgartiriladi. CHunki TXK ning barcha turlari bo’yicha, o’tkazilish davrlari, jami agregatlar va qismlar bo’yicha bajariladigan ishlar va ularning mehnat hajmi belgilangan bo’lib, o’zgartirilmay bajariladidi.
Texnologik jarayonning variantini tanlashda, albatta u yoki bu ishlab chiqarish joylari(uchastkalari), diognostikani mavjudligi va ularning korxona xududida joylashishi, jixozlanish darajasi, texnik mahlumotlarni yig’ish va tahlil qilish uslublari hisobga olinishi zarur.
Texnik xizmat ko’rsatish texnologik jarayonlariga tuzatish kiritish talab etilmaydi, chunki har bir xizmat ko’rsatish davri va undagi ish hajmi hamda birikma va agregatlar bo’yicha bajariladigan ishlar doimiydir.
Joriy tahmir texnologik jarayonlariga tuzatish kiritish maqsadga muvofiqdir, chunki avtomobillarning ishdan chiqishi vaqt, joy va ish hajmi bo’yicha ehtimoliy hisoblanadi.
Korxonaning umumiy texnologik jarayoni TXK turlari va tahmirlash bo’yicha bajarilayotgan ishlarning texnologik jarayonilardan tashkil topadi. Bular esa o’z navbatida bajarilayotgan operatsiyalardan iboratdir.
Operatsiya - avtomobil yoki uning qismlariga bir ishchi postida, bir yoki bir necha bajaruvchilar tomonidan bajariladigan texnologik jarayonning yakunlangan qismi.
Operatsiyaning ishlatiladigan jihoz yoki asboblarni o’zgartirmasdan bajariladigan bir qismiga o’tish deyiladi.
Ishlarni eng qulay ketma-ketlikda bajarish uchun texnik xujjatlardan, yahni texnologik xaritalardan, zavod ko’rsatmalaridan, texnik shartlardan foydalaniladi.
TXK va JT texnologik jarayoni ishchi postlarida va ish o’rnilarida bajariladi.
Ishchi posti - TXK jihozlari, yordamchi uskunalar o’rnatilgan va avtomobil uchun joy ajratilgan, bir yoki bir necha ish o’rnilaridan iborat bo’lgan muhit.
Ish o’rni - mahlum bir ishni bajarish uchun texnologik uskunalar, yordamchi jihoz, moslama, qurilma va asboblar bilan jihozlangan bir ishchining mehnat qilish muhiti.
TXK va JT texnologik jarayoni, ATK ning ishlab chiqarish texnika negizida texnologik va operatsion xaritalar, post xaritalari, xarita-sxemalar TXK uchun qo’llanma, JT uchun qo’llanma va boshqa turdagi hujjatlar ishlatilib tashkil qilinadi.
Texnologik jarayonlarni to’g’ri tashkil qilish, kam mablag’ sarflashni, mehnat xavfsizligini, ishchilarni kamroq ko’chib yurishini, ishchilar va ishchi postlariga mehnat hajmini bir xil taqsimlanishini, hamda biriktirilgan operatsiyalarni sifatli bajarilishini tahminlaydi.
Avtomobillarga TXK texnologik jarayonlarini tashkil qilish
TXK texnologik jarayoni va uni tashkil qilish ish rejalarini o’z vaqtida bajarish uchun kerak bo’lgan ishchi postlari va joylarning soni bilan aniqlanadi.
TXK ishlarini bajarilishi va taqsimlanishi uchun kerak bo’lgan ishchi postlari, ularning soniga va tashkil etilishiga asosan, universal va maxsus turlarga bo’linadi. Bu ishchi postlari o’z navbatida, boshi berk va boshi ochiq bo’lishi mumkin. +ulayligiga qarab ketma-ket yoki parallel joylashadi.
Maxsus postlarning ketma-ketlikda joylashishi oqimli qatorni tashkil etadi.
1. Universal postlarda TXK ni tashkil qilish.
Bu usulda, TXK dagi barcha ishlar bir postda bir guruh maxsuslashgan yoki universal ishchilar yordamida amalga oshiriladi.Texnologik jarayonni boshi berk yoki boshi ochiq ishchi postlarida tashkil qilinadi. Boshi berk postlar asosan TXK-1 va TXK-2 da, boshi ochiq postlar esa KXK da qo’llaniladi.
Bu usulni kamchiligi avtomobillarni postlarga qo’yish va olishda vaqtning ko’proq ketishi, atrof-muhitni ifloslanishi va universal ishchilar ishlaganda, ko’proq ish haqi to’lanishidan iborat.
2. TXK ni maxsus postlarda tashkil qilish.
TXK ni maxsus postlarda bajarishni tashkil qilish, TXK dagi barcha ishlarni maxsus postlarga bo’lib yuborish va shu postlarda maxsus mutaxasislikka ega bo’lgan ishchilarni ishlashidan iboratdir. Bu vaqtda har bir post o’ziga yarasha uskuna va jihozlar bilan tahminlanadi, hamda barcha ishlar oqimli yoki operatsion-post usulida tashkil etiladi.
Avtomobillarni joriy tahmirlash texnologik jarayonini tashkil qilish
ATK sida avtomobillar uchun JT ishlarini bajarish talabga muvofiq, JT zonasidagi texnologik uskunalar bilan jihozlangan postlarda olib boriladi.
Bahzi bir texnologik operatsiyalar, TXK-1 va TXK-2 postlaridagi bajariladigan ishlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun, ularni TXK davrida bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu ishlar qo’shimcha ko’chib yuruvchi maxsus ishchilar yordamida bajariladi.
JT ishlari ikki xil,agregat va yakka usulda olib boriladi.
Agregat usuli.
- buzilgan agregat va uzellarni, avvaldan tahmirlab qo’yilgan yoki yangisiga almashtirishdan iboratdir.
Yakka usul-avtomobilni agregat yoki mexanizmini tuzatib, yana o’z o’rniga qo’yishdan iboratdir.
Avtotransport korxonalarida ishchilar mehnatini tashkil etish ATK sida ishchilar mehnati quyidagi usullarda tashkil etishlishi mumkin:
- Maxsus brigadalar usuli,
- Kompleks brigadalar usuli,
3) Agregat-uchastkalar usuli
Maxsus brigadalar usulida TXK va JT ishlarining har bir turi maxsus brigada ishchilari tomonidan bajariladi. KXK, 1-TXK, 2-TXK va JT ishlarini bajaruvchi brigadalar, barcha ishlarni bajara oluvchi mutaxassis ishchilar bilan mujassamlashtiriladi. Bu usulda boshqarish ishlari osonlashadi va bir xildagi ishlar bajaruvchi uchastkalar tashkil qilinadi, hamda bajarilgan ishlarni hisobga olish osonlashadi.
TXK va JT ishlari markazlashgan holda olib boriladi. Brigadalar alohida-alohida mutahassisliklarga ega bo’lgan ishchilar bilan komplektlanadi. Bu usulda ham, har bir ishchining javobgarligi sezilarli darajada emas, JT ishlarini hajmi oshadi. Oqimiy usulni tashkil qilish qiyinlashadi. Barcha moddiy texnika materiallari brigadalar orasida bo’linib ketadi, bu o’z navbatida ulardan samarasiz foydalanishga olib keladi. Bu usulning qulayligi, TXK va JT ishlarini bajarishdagi javob- garlik brigada zimmasiga tushadi.
Agregat uchastka usulida TXK va JT ishlari avtomobilning qismlari bo’yicha uchastkalarga bo’lib beriladi. Ishlab chiqarishdagi ishchilar ham o’z navbatida uchastkalarga bo’linib, ular TXK, JT ishlarini bir yoki bir necha agregatlar bo’yicha bajaradilar. Uchastkalarning soni, ATK ning katta-kichikligini qarab 4 tadan 8 ta gacha bo’lishi mumkin, masalan:
1-uchastka - dvigatellarga TXK va JT.
2-uchastka - ilashish muftasi, uzmalar qutisi, qo’l tormozi, kordan uzatmasi, radiator.
3-uchastka - oldi ko’prik, rul boshqarmasi, orqa ko’prik, tormoz tizimi, podveskalar.
4-uchastka - elektrojihozlar va tahminlash sistemasi.
5-uchastka - rama, kabina, kuzov, issiqlik tsexi ishlari.
6-uchastka - shinalar.
7-uchastka - chilangar-mexanik ishlar.
8-uchastka - yuvish-tozalash ishlari.
Ishni bu usulda tashkil qilish, ishlab chiqarishdagi barcha uskuna, jihozlarni, ehtiyot qism, materiallarni sarfini hisobga olishni osonlashtiradi, hamda TXK va JT varag’i asosida, bajarilgan ish turi va bajaruvchi to’g’risida mahlumot olish imkonini beradi.
Bu usul texnik hodimlarni ishga bo’lgan qiziqishini, javobgarligini va texnik xizmatning samaradorligini oshiradi.
Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, to’liq avtomobil uchun hech kim javob bermaydi, balki alohida-alohida qismlar uchun javob beriladi.
Hozirgi vaqtda bu usul takomillashib, brigada nazarida tusini olyapti va shu brigada mahlum guruh avtomobillarning texnik holati uchun javob beradi. Bunda brigadalarga oxirgi natija bo’yicha haq to’lanadi.
Комментарии
Calendar
« Декабрь 2023 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Popular

Diqqat Ogohlantiramiz Jurnal va

RENESSANS

ONA TILI O’QITISH METODIKASINING ILMIY

Tarix falsafasi haqida tushuncha
